Tashkilotchi: IT Park
Oʻtkazilish sanasi: 20-noyabr, 10:00
Manzil: Amity universiteti
2021-yil 20-noyabr kuni rivojlanish va yangi narsalar o‘rganish istagida bo‘lgan ayollar va qizlar uchun IT Park Wonder Women, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar, texnologiyalar va strategiya markazi, Artel kompaniyasi va Amity universiteti bilan hamkorlikda tadbir uyushtiriladi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad-Oʻzbekiston ayollarining yarmini 5 ta yoʻnalishda: taʼlim, karyera, oʻz-oʻzini rivojlantirish, oila qurish va jamiyat tomonidan qoʻyilgan stereotiplarsiz oʻzini oʻzi anglash boʻyicha taʼlim berishdan iborat.
Tadbirda yuqoridagi mavzularni ochib beruvchi spikerlar ishtirok etib, bugungi kunda qizlar uchun rivojlanish, o‘rganish, mehnat qilish va o‘z-o‘zini bilish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi toʻgʻrisida gapirib beradi.
Spikerlar quyidagilardan iborat:
Tadbirda, shuningdek, davlat idoralari, xususiy va xalqaro tashkilotlar vakillari, startap loyihalar asoschilari va boshqa ko‘plab shaxslar ishtirok etadi.
Shuningdek, ushbu seminar ishtirokchilari orasida tadbir tashkilotchilarining sovg‘alari o‘ynatiladi.