Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi
O'tkazilish vaqti: 5-dekabr, 2020-yil.
Oxirgi muudat: 1-dekabr, 2020-yil.
Anjumanning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida, jumladan, yosh filologlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining sifat darajasini oshirish va amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish. Shu bilan birgalikda mamlakatimiz olimlari va xorijlik olimlar o‘rtasida ilmiy aloqalar o‘rnatilishini taʼminlash.
Shu munosabat bilan 2020 yilning 1 dekabrigacha bo‘lgan muddatda maʼruzalar tezislarini o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research Support Center) rasmiy veb-sahifasi http://e-science.uz/actual_philology_uz orqali elektron ko‘rinishda yuborishingizni so‘raymiz.
Konferensiyaga qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tezislar qabul qilinadi:
1– sho‘ba: Antropotsentrik tilshunoslik masalalari.
2– sho‘ba: Tilshunoslik nazariyasi, amaliy tilshunoslik.
3 – sho‘ba: O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotning dolzarb masalalari.
4–sho‘ba: Poetika muammolari.
5–sho‘ba: Til va taʼlim integratsiyasi.
Taqdim etiladigan maʼruzalar tezislarini rasmiylashtirishga quyilgan talablar 1-ilovada keltirilgan.
Eng yaxshi deb topilgan maʼruzalar tezislari to‘plam shaklida nashr qilinadi.
Barcha maʼruzalar tezislari tahririyat tomonidan anonimlashtirilgan holatda tekshiriladi va tekshiruvdan ijobiy o‘tgan maʼruzalar tezislari xar varog‘i uchun 25.000 so‘mdan to‘lov qilganingizdan so‘ng nashr etiladi hamda har bir muallifga elektron SERTIFIKAT beriladi. Maqolalar kamida 5 varog‘ni tashkil etishi lozim. Maʼruzalar tezislarida berilgan maʼlumot uchun mualliflarning o‘zlari javobgar hisoblanishadi. Konferensiya materiallari to‘plamini 2020 yil 15 dekabr kunidan boshlab Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi Research Support Center rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Mazkur onlayn konferensiyada ishtirok etishni istagan professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari yo‘nalishida o‘z ilmiy izlanishlari natijasida tayyorlangan maʼruzalar tezislarini taqdim etishlari mumkin. Onlayn konferensiya 2020 yilning 5 dekabr kuni soat 10:00dan boshlab «Zoom»platformasi orqali amalga oshiriladi.