YUNESKO va Idris Shoh jamgʻarmasidan “Dunyo ertaklari” qisqa hikoyalar tanlovi

Hikoyangizni kitoblarda nashr etish, sertifikat olish, ISF kitoblar toʻplamini qoʻlga kiritish, shuningdek, iPad yutib olish imkoni
  • 149
  • 0
  • Fransuz tili, ingliz tili
  • Bepul
YUNESKO va Idris Shoh jamgʻarmasidan “Dunyo ertaklari” qisqa hikoyalar tanlovi

Tashkilotchi: Idris Shoh jamgʻarmasi

Oʻtkazilish vaqti: dekabr oyi

Oxirgi muddat: 16-oktabr, 02:59

Mukofot: 

  • ICCARning  7 ta milliy mintaqaviy koalitsiyasi boʻyicha  oltin, kumush va bronza oʻrinlari bilan 21 nafar gʻolib aniqlanadi;
  • ular onlayn mukofotlash marosimida ishtirok etishga taklif qilinadi;
  • oltin oʻrin sovrindorlarining har biriga iPad taqdim etiladi;
  • 21 nafar laureatning asari maxsus qattiq muqovali kitobda nashr etiladi. U kitobda g'olib chiqqan barcha qisqa hikoyalar va faxriy yorliqlar namoyish etiladi, shuningdek, ePub formatida taqdim etiladi;
  •  Barcha gʻolib sovrindorlarga kitob nusxasi va sertifikat beriladi;
  • hamma sovrindorning maktablari va shaharlari jamoat kutubxonalari uchun kitob nusxalari va ISF bolalar kitoblari toʻplamini oladi.

Qisqa hikoya mavzusi: “Once upon a time in my future” (Bir kuni kelajagimda).

Talablar:

  1. 12—18 yoshdagi yoshlar qatnashishi mumkin.
  2. Hikoyalar 250—500 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.
  3. Arial 12-punktli oddiy shrift yordamida ingliz yoki frantsuz tilida boʻlishi kerak.
  4. Hech qayerda nashr etilmagan boʻlishi kerak.
  5. Kelajakdagi jamiyatning adolatli, inklyuziv, tinch, barqaror va bagʻrikengligi haqidagi hikoyalar boʻlishi kerak.

Oʻz qisqa hikoyangizni e-mailingiz orqali  worldtales@unesco.org  manziliga yuboring.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling