Yoshlar odam savdosiga qarshi

Tanlov g‘oliblari 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi
  • 1548
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Yoshlar odam savdosiga qarshi

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamgʻarmasi (UN Peacebuilding Fund) hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi “Fargʻona vodiysi yoshlar ijtimoiy uygʻunligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” kreativ videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov 1 bosqichda tashkil etiladi. Videoroliklar 2020-yilning 7-iyulidan 25-iyuliga qadar uzb.youth@gmail.com elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram tarmogʻi orqali qabul qilinadi. Gʻoliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Kreativ roliklar “Yoshlar odam savdosiga qarshi!“ mavzusida qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan isteʼdod sohiblari pasport nusxasi (yashash manzili bilan) va kontakt maʼlumotlarini videoroliklar bilan birga taqdim etishlari kerak.

Individual va jamoaviy ishlar ham qabul qilinadi. Taqdim etilgan kreativ roliklar Tanlov ishtirokchisining oʻz ijodiga mansub boʻlishi, boshqa shaxslarning mualliflik huquqlariga daxl qilmasligi lozim.

Videoroliklar quyidagi texnik talablarga javob berishi lozim:

  • videorolikning davomiyligi: 3-minutdan oshmagan;
  • videorolikning formati: MPEG4, AVI.
  • videorolikda insonparvarlik xislatlari mavjudligiga, hech bir inson, millat, xalq kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga alohida eʼtibor berilishi;
  • videorolik 3 ta til (oʻzbek, rus va ingliz tillari)da qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashing, malakangizni oshiring, odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olishga oʻz hissangizni qoʻshing va gʻolib boʻling!

Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadilar:
1-2-3-oʻrin gʻoliblarini – noutbгk va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami kutmoqda.
4-oʻrindan – 10 oʻringacha esa tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

SDG
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling