Oʻtkazilish sanasi: 24-may, 12:00-14:00; 20:00-22:00
Platforma: Onlayn
Yevropada o'qishni va ekologik muammolarni hal etishda o'z hissasini qo'shishni istaganlar ushbu uchrashuvda qatnashishlari va Yevropa universitetlari vakillari bilan fikr almashishlari mumkin.
Ushbu uchrashuv ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
• Yevropa universitetlarida "Green Engineering" sohasi bo'yicha programmalar haqida ma'lumot olish;
• Yevropa universitetlari vakillari hamda agentliklari bilan jonli suhbat qurish;
• Erasmus+ va Erasmus Mundus stipendiyalari haqida batafsil ma'lumot;
• Jonli suhbatlarga qo'shilgan holda maxsus davlatlarda programmalar bo'yicha batafsil ma'lumot olish;
• Hozirda Yevropada "Green Engineering" sohasida o'qiyotgan xalqaro talabalar hikoylarini tinglash.
Ushbu uchrashuvda 30dan ortiq Yevropa mamlakatlari agentliklari hamda universitetlari ishtirokchilarni kutib olishadi.
Uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.