Yandeks tomonidan ta'limga oid Yet Another Konferensiyasi

Ta'limning kelajak iqtisodiyotidagi roli haqida yangi bilimlar va konferensiya yakunida sertifikatga ega bo'lish imkoniyati
  • 529
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul
Yandeks tomonidan ta'limga oid Yet Another Konferensiyasi

Tashkilotchi: Yandeks

Oʻtkazilish sanasi: 10-noyabr

Platforma: Yandeks rasmiy sayti

Yandeks barcha qiziquvchilarni ta'limda insonlar va texnologiyalar to'g'risidagi konferensiyaga taklif etadi. Ishtirokchilarni konferensiyada ta'lim doirasida yangi instrumentlar o'ylab chiqqan, yangi formatlar ustida tajribalar o'tkazgan va mavzuga yangicha nigoh tashlagan o'nlab yangi spikerlar kutmoqda. 

Shuningdek, Yevropadagi eng yirik EdTech akseleratorining asoschisi va Yandex strategik marketing direktori. kordinator sifatida bu kunni iloji boricha qiziqarli o'tkazishingizga yordam beradi. 

Konferensiya ta'limga qiziquvchi har bir kishi - o'qituvchilar. ta'limga doir loyiha asoschilari, ota-onalar, umuman olganda ta'limga qiziquvchi barcha uchun mo'ljallangan. Konferensiyadan so'ng xohlovchilar sertifikat olish imkoniyatiga ham egalar. 

Yana qo'shimcha ma'lumotlar ro'yxatdan o'tgandan so'ng, tashkilotchilar tomonidan elektron pochtaga berilib boriladi. 

Kategoriya

Ilmiy konferensiya

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling