Xalqaro yoshlar innovatsion forumi

Innovatsion gʻoyalar tanlovida ishtirok etib, sovrinlarni va loyihangizni rivojlantirish imkoniyatini yutib olishingiz mumkin
  • 1630
  • 2
  • Oʻzbek tili, rus tili, ingliz tili
  • Bepul
Xalqaro yoshlar innovatsion forumi

Tashkilotchi: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Yevrosiyo muhandislik kompaniyasi (Rossiya, EEC).

Oʻtkazilish vaqti: 3—5-noyabr, 2020-yil.

Yoshlar barqaror rivojlanish tamoyillarini harakatga keltiruvchi kuchdir. Innovatsion gʻoyalar tanlovida ishtirok eting, oʻzingizni dunyo hamjamiyatiga taniting, sovrinlarni va loyihangizni rivojlantirish imkoniyatini yutib oling, biznesning start-up darajasigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻting .

Maqsadlar:

  • Innovatsion gʻoyalarni namoyish etish;
  • Yoshlarning innovatsion gʻoyalarini hayotga tatbiq etish va tijoratlashtirishga koʻmaklashish;
  • Barqaror rivojlanish konsepsiyasini qoʻllab-quvvatlash;
  • Yevropa, Osiyo, Amerika, Avstraliya, Afrikadan kelgan faol yoshlarning davlat organlari, jamoat, ilmiy, biznes tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan xalqaro biznes hamkorligini kuchaytirish.

Forum yoʻnalishlari:

  1. Energetika.
  2. Sanoat va qurilish.
  3. Qishloq xoʻjaligi.
  4. Biotexnologiya (shu jumladan ekologiya va tibbiyot).
  5. IT.

Gʻoliblar uchun sovgʻalar. Har bir yoʻnalishda 3 ta gʻolib:

  1. Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish 4000 AQSh dollarigacha.
  2. WYIF murabbiyligi va qoʻllab-quvvatlashi.
  3. Forum sheriklarining maxsus sovgʻalari.

Kategoriya

Forum
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling