"What is Personal Development?" mavzusida ochiq dars

O'z kasbida eng kuchli mutaxassis bo'lishni istaganlar uchun noodatiy ochiq dars
  • 439
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: PDP Academy

Oʻtkazilish sanasi: 6-noyabr, 14:00

Manzil: Shayhontoxur tumani, Beruniy ko'chasi, 3a-uy

Siz o'ta kuchli mutaxassis bo'lishingiz mumkin, hech kim hal qila olmaydigan muammolarga ham yechim topishingiz mumkin, lekin vaqti kelib o'z ustingizda ishlamaganingiz uchun sizdan ham kuchlilar orasida zaiflashib qolasiz.

Mijozlar avvalo sizga, so'ngra siz sotayotgan mahsulot yoki servisga ishonch bildirishadi. Bu esa har bir muvaffaqiyatli ish boshlamoqchi bo'lgan tadbirkor yoki ishchilardan shaxsiy rivojlanishni talab qiladi. 

6-noyabr, soat 14:00 da PDP Academy tomonidan noodatiy ochiq dars tashkil etilmoqda. Tadbir "What is Personal Development?" mavzusida, ingliz tilida bo'lib o'tadi. 

“Talabalarimiz ushbu darsdan so'ng rivojlanib ketadilar deb va'da bermaymiz, ammo davomiy ravishda o'z ustilarida ishlashlari uchun o'rganishlari kerak bo'lgan narsalari juda ko'p ekanliklariga ishontira olamiz.” - deydi ochiq dars tashkilotchilari. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling