“Voice Ai Challenge Uzbekistan” xakatoni!

Xakaton ishtirokchilari oʻzbek tilidagi ovozli maʼlumotlar asosida ilova, bot, dastur yoki boshqa istalgan raqamli mahsulotni yaratishi kerak boʻladi
  • 616
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“Voice Ai Challenge Uzbekistan” xakatoni!

Tashkilotchi: ▫️ Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Raqamli texnologiyalar va sunʼiy indrokni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek KASH APP bilan hamkorlikda

Oʻtkazilish sanasi: 24-26-dekabr

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 21-dekabr 23:59

Platforma: Onlayn

“Voice Ai Challenge Uzbekistan” musobaqasi boʻlib oʻtadi, unda xakaton ishtirokchilari oʻzbek tilidagi ovozli maʼlumotlar asosida ilova, bot, dastur yoki boshqa istalgan raqamli mahsulotni yaratishi kerak boʻladi.

Sovrin:  Xakaton yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan noutbuklar, planshetlar va smartfonlar koʻrinishidagi qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻladilar.

 Batafsil ma'lumotlarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin. 

 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling