Vodiy yoshlari uchun “Yetakchi yoshlar – yozgi maktabi”

Barcha harajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi
  • 1256
  • 1
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Vodiy yoshlari uchun “Yetakchi yoshlar – yozgi maktabi”

Tashkilotchi: Yoshlar ishlari agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Fargʻona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uygʻunligi” qoʻshma dasturi.

Oʻtkazilish sanasi: 20-27-iyun kunlari.

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 15-iyun, 2021-yil.

Manzil: Toshkent viloyatining, Boʻstonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da.

Andijon, Namangan va Fargʻonalik ️18-30 yoshdagi yetakchi yoshlar uchun “Yetakchi yoshlar – Yozgi maktabi” oʻtkaziladi.

7 kunlik oʻquv dasturida siz:

  • liderlik qobiliyati;
  • tahliliy fikrlash;
  • huquqiy savodxonlik;
  • kasbiy mahoratni oshirish;
  • muloqot va notiqlik sanʼati;
  • volontyorlik;
  • muammolarni hal etish kabi koʻnikmalaringizni oshirishingiz mumkin.

Kategoriya

Yozgi maktab

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling