V Xalqaro Nobel festivali

Festivalda Nobel mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rae Kvon Chung va “Butunjahon yil o‘qituvchisi - 2021” xalqaro tanlovi g‘olibi, Keisha Torp ishtirok etadilar
  • 234
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
V Xalqaro Nobel festivali

Tashkilotchilar: Yoshlar ishlari agentligi, Coca-Cola va Zakovat

Oʻtkazilish sanasi: 24-27-oktabr

Manzil: Yoshlar Ijod saroyi, Mustaqillik maydoni metrosi

24-27-oktabr kunlari Toshkent shahrida V Xalqaro Nobel festivali bo'lib o'tadi. 

Festivalda 2007-yilgi Nobel mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rae Kvon Chung ishtirok etadi.

Shuningdek, festivalga “Butunjahon yil o‘qituvchisi - 2021” xalqaro tanlovi g‘olibi, Amerikadagi Langley Park xalqaro maktabi o‘qituvchisi Keisha Torp ham tashrif buyuradi.

Planetamizning intelektuallari bilan uchrashish istagida bo‘lgan barcha ilm ixlosmandlarini 26-oktabr kuni Yoshlar ijod saroyiga tashrif buyurishlari so'raladi. 

Festivalga kirish soat 12.30 da to‘xtatiladi. Festivalning ish tili: Ingliz tili. 

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling