UDevs 2022 konferensiyasi

Tadbirning maqsadi - so‘nggi IT-mahsulotlarni biznesda qo‘llash natijalari bilan tanishish, yangi IT-mahsulotlarni targ'ib qilishda bilim va ilg‘or tajriba almashishdan iborat
  • 290
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili, ingliz tili
  • Bepul
UDevs 2022 konferensiyasi

Tashkilotchi: Udevs, IT Park va Rasta

Oʻtkazilish sanasi: 14-oktabr, 09:00

Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti

IT Park rezidenti, IT-autsorsing kompaniyasi Udevs, IT Park va Rasta koʻmagida Udevs Conf #2022 konferentsiyasini tashkil qiladi.

Tadbirning maqsadi so‘nggi IT-mahsulotlarni biznesda qo‘llash natijalari bilan tanishish, yangi IT-mahsulotlarni targʻib qilishda bilim va ilg‘or tajriba almashishdan iborat.

Konferensiya 14-oktabr kuni soat 9:00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi va ikki qismdan iborat bo‘ladi.  Birinchi qismda spikerlar, jumladan, Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov, CEO Udevs Azizbek Bahodirov, Co-Founder Rasta Xurshidbek Mirozikov va boshqalar IT sohasidagi o'z tajribalari haqida gapirib berishadi.

Konferensiyaning ikkinchi qismi IT sohasidagi yangi texnologiyalarga bag‘ishlanadi.  Ishtirokchilar IT-mahsulotlar qanday yaratilishini va o‘zingiznikini qanday yaratish, shuningdek, qanday qilib zoʻr dasturchi bo‘lishni o‘rganadilar.

Tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladi: 

• kichik va oʻrta biznes egalari;
• turli darajadagi dasturchilar;
• texnik OTMʼlari talabalari.

Ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali 13-oktabrga qadar ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling