Oʻtkazilish sanasi: 17-sentabr, 17:30
Manzil: Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi, Fidokor ko‘chasi, 5-uy
Bugun soat 17:30 da Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida (Fidokor ko‘chasi, 5-uy) Kristof Raylatning “Fedchenko, unutilgan muzlik” hujjatli filmi namoyish etiladi.
Film mazmuni quyidagicha:
Rusiyzabon yozuvchi Sedrik Gras va sarguzashtchi Matye Torder Pomir tog‘lari bag‘ridagi dunyodagi eng katta tog‘ muzligi Fedchenko bo‘ylab sayohatga chiqishdi, bu butunlay unutilgan hudud haqiqatiga guvoh bo‘lishdi. Bu marshrutni yagona biladigan gid Anatoliy boshchiligidagi Tojikiston jamoasi bilan ular kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelishadi. 1928-yildagi birinchi ekspeditsiyadan beri hech narsa o'zgarmagan, tabiat daxlsiz qolgan va ba'zan hatto dushmanlik qilgan.
Ushbu tadbirga kirish bepul, lekin joylar soni cheklangan.