Toshkent Xalqaro BMT modeli

Oʻrta Osiyodagi eng yaxshi BMT modellaridan birida ishtirok eting va xalqaro diplomatiya, jahon siyosati, omma oldida nutq soʻzlash, liderlik va muzokara olib borishdagi koʻnikmalaringizni shakllantiring
  • 827
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
Toshkent Xalqaro BMT modeli

Tashkilotchi: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti.

Oʻtkazilish sanasi: 21-22-may, 2021-yil.

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 15-may, 2021-yil.

Manzil: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti.

Loyiha maqsadi: xalqaro diplomatiya, global siyosat, jamoatchilik oldida soʻzlash, yetakchilik va samarali muzokaralar sohalarida yoshlarni malakasini oshirish. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va talabalar oʻrtasidagi koʻprik boʻlib, yoshlarga murakkab masalalar boʻyicha ochiq muloqotlar olib borish va global muammolarni hal qilish uchun oʻz yechimlarini taklif qilish imkonini beradi. Bu ulkan tajriba, qimmatli bilim va oʻzingizni diplomatik muhitga singdirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Qoʻmitalar:

  1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi (UNGA yoki GA) BMTning oltita asosiy organlaridan biri boʻlib, tashkilotning siyosat ishlab chiqaruvchi va vakillik organi vazifasini bajaradi.
    Mavzu: COVID-19 pandemiyasi davrida sogʻliqni saqlash, ochlik va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻliq zamonaviy muammolardagi iqtisodiy tiklanishni hal qilish.
  2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti. YuNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan agentligi. YuNESKO BMTning boshlangʻich organlaridan moliyaviy va institutsional jihatdan mustaqil boʻlishiga qaramay, umumiy maqsadlarni ilgari surish uchun BMT bilan hamkorlik qiladi.
    Mavzu: Mojaroviy hududlarda bolalarni taʼlimi.
  3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy adolat boʻyicha komissiyasi BMTning asosiy siyosatni ishlab chiquvchi agentligi boʻlib xizmat qiladi.
    Mavzu: Jinoyatchilikning oldini olish, jinoiy adolat va qonun ustuvorligini oshirish: BMTning 2030 kun tartibiga erishish yoʻlida.
  4. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi. BMT Xavfsizlik Kengashi BMTning oltita organlaridan biri boʻlib, asosiy maqsadi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashdir. Tinchlikni ragʻbatlantirishdagi roli tufayli BMT XK BMT tarkibidagi eng muhim, hatto qudratli organlardan biri hisoblanadi.
    Mavzu: COVID-19 ning tinchlik va xavfsizlikka taʼsiri.
  5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inqiroz boʻyicha qoʻmitasi. Inqiroz qoʻmitasi odatiy qoʻmitaga qaraganda kuchliroq qaror qabul qiluvchi organdir. Bosh assambleyalar konsensusni taklif qilsa va yaratsa, inqiroz qoʻmitalari oʻz harakatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish orqali harakatlarni yuzaga keltiradi.
    Mavzu: COVID-19 pandemiyasi va vaksinalarini tarqatish.
  6. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-qoʻmitasi. Ijtimoiy, gumanitar va madaniy qoʻmita (SOCHUM) BMT Bosh assambleyasining Uchinchi qoʻmitasi boʻlib, u muhofaza qilinadigan guruhlar, masalan qochqinlar, qizlar, kamsitilish qurbonlari va boshqalarning farovonligi va inson huquqlarini himoya qilish doirasida faoliyat olib boradi.
    Mavzu: COVID-19 ning qochqinlar hayotiga taʼsiri.
  7. BMTning fan va texnologik rivojlanish boʻyicha komissiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ilm-fan va texnologiyalar boʻyicha komissiyasi (CSTD) ECOSOCning yordamchi organi hisoblanadi. Ilm-fan, texnologiya va taraqqiyotga taʼsir koʻrsatadigan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun har yili hukumatlararo forum oʻtkazadi.
    Mavzu: Rivojlanayotgan davlatlarda barqaror energiya manbalarini koʻpaytirish.

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling