Toshkent, Samarqand va Buxoroda “Innovatsiya va ijtimoiy ta’sir – kompaniya muvaffaqiyati garovidir” mavzusidagi workshop

Spikerlar amerikalik ekspert, Idea Foundry, Inc. kompaniyasining prezidenti Michael M. Matesic va "CARE CSR" asoschisi va direktori Malika Sharipova
  • 284
  • 0
  • Oʻzbek tili, ingliz tili
  • Bepul
Toshkent, Samarqand va Buxoroda “Innovatsiya va ijtimoiy ta’sir – kompaniya muvaffaqiyati garovidir” mavzusidagi workshop

Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan

Oʻtkazilish sanasi va manzili: 

 Toshkent, 24-may, 10:00-13:00, Yoshlar Ishlari
Agentligi qoshidagi “Book Cafe”, Navoiy ko‘chasi 11;

Samarqand, 26-may, 10:00-13:00, IT Park, Amir Temur ko‘chasi, 44-uy;

Buxoro, 28-may, 10:00-13:00, “Mono Markaz”, Piridastgir ko‘chasi, 13.

Toshkent, Samarqand va Buxoroda “Innovatsiya va ijtimoiy ta’sir – kompaniya muvaffaqiyati garovidir” mavzusidagi workshoplar bo‘lib o‘tadi.

Spikerlar: Maykl M. Matesik - Idea Foundry, Inc. kompaniyasining prezidenti va bosh direktori, tashkil etish va rivojlanishning turli bosqichlarida biznes bilan ishlashda katta tajribaga ega muvaffaqiyatli boshqaruvchi. “Idea Foundry” kompaniyasida so‘nggi 19 yil davomida u 250 dan ortiq kichik biznes va innovatsion startaplarga sarmoya kiritib, ularning rivojlanishiga yordam berdi.

Malika Sharipova - CARE CSR asoschisi va direktori. O‘zbekistonda korporativ ijtimoiy mas’uliyat (KSM) sohasi mutaxassisi; NewLinks Global kompaniyasining katta hamkori; “Amfori” kompaniyasining malakali murabbiyi (Belgiya); “Impactt London” (Buyuk Britaniya) yetakchi eksperti; Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va mahalliy korxonalarning KSM, barqaror rivojlanish, xalqaro ijtimoiy va ekologik audit/sertifikatlar va GSP+ bo‘yicha doimiy maslahatchisi; BMTTDning O‘zbekistonda Yashil rivojlanish strategiyasi asoslarini ishlab chiqish guruhiga rahbarlik qiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun havola orqali o'ting: https://eurouz.glueup.com/event/56206/

 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling