Oʻtkazilish sanasi: 16-yanvardan 21-yanvarga qadar 10:00-17:00
Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi
O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi “Fotosuratchilar seksiyasi” a’zolarining havaskor fotosuratchilar bilan birgalikdagi hisobot ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi.
Ko'rgazmada bir necha o'nlab fotorassomlarning 350ga yaqin fotosuratlari taqdim etiladi . Fotosuratlarning asosiy qismi mualliflari O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi “Fotosuratchilar seksiyasi” a’zolaridir.
Loyiha ketma-ket beshinchi yil muvaffaqiyatli o'tkazilmoqda va O'zbekistondagi zamonaviy fotografiya san'atini namoyish etiladi.
Ushbu foto ko'rgazmadan maqsad - badiiy fotografiyaning uzluksizligini saqlash, turli avlod rassomlari o'rtasida o'zaro muloqot qilish, tajriba almashish, ularning tomoshabin bilan muloqot qilish uchun imkoniyatlar yaratishdir
Ma'lumot uchun telefonlar: (71) 2335164, (71) 2338051