Tashkilotchi: Ziyo Forum
Oʻtkazilish sanasi: 30 - iyun, 17:00
Manzil: Ziyo Forum binosi
IELTS va TOEFL kabi testlar haqida hammamiz eshitganmiz. Lekin O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan xalqaro testlar faqat shulardan iborat emas. Shu sababli Ziyo Forum tomonidan ushbu mavzuda uchrashuv tashkil etilmoqda. Ushbu uchrashuvda siz ko'plab sohalarda qabul qilinadigan Linguaskill kabi yangi testlar haqida bilib olasiz.
Ma’ruzachi: Kabilov Shahzod – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligining Toshkent shahar vakilligi rahbari.
Ma’ruzaga barcha universitet bitiruvchilari, abituriyentlar va ingliz tili o‘qituvchilari taklif etiladi.
Ma'ruzaga kirish mutlaqo bepul. Hamda qatnashmoqchi bo'lganlardan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.