TedxTSUE

Sahnada yoshlarga o'z fikringizni bildirish va g'oyalaringizni ulashish imkoni
  • 89
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
TedxTSUE

Tashkilotchi: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 28-yanvar, 23:59

Manzil: Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

TedxTSUE tadbiri uchun saralash bosqichi rasman ochiq deb e'lon qilindi. Sahnada yoshlarga o'z fikringizni bildirish va g'oyalaringizni ulashish niyatida bo'lsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun. Siz dunyoning eng dolzarb mavzularida fikrlaringizni bo'lishib, boshqalarning hayotini o'zgartirishingiz mumkin. 

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;
  • 14 - 25 yosh oralig'ida bo'lish;
  • Ingliz tilini mukammal bilish;
  • Ishonchli, qisqa va g'ayratli nutqqa ega bo'lish;
  • Nutqingizni video platformalarda va sahnada bo'lishishga tayyor bo'lish.

Agarda ushbu imkoniyatda o'zingizni sinab ko'rishni istasangiz, quyidagi havola orqali 28-yanvar, soat 23:59gacha ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

TED
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling