"Technoways" texnologik rivojlanish marafoni

Oʻzbekistondagi ilk texnologik rivojlanish marafoni
  • 1371
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Oʻtkazilish vaqti: 15-30-sentabr, 09:00-18:00.

Marafon tashkil qilishdan maqsad yoshlar oʻrtasida startap loyihalar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish hamda marafon yakunlariga koʻra maʼqul boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya ajratish boʻlib, sertifikatlar berilishi koʻzda tutilmagan.

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻrta hamda oliy taʼlim muassasalaridan ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni saralab olib, 2 hafta davomida “Robototexnika”, “3D prototiplashtirish”, “Internet jihozlari”, “Marketing”, “Web Development” yoʻnalishlari boʻyicha va markazga tegishli boʻlgan 6 ta zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlaridan foydalanib mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga barcha bilim va koʻnikmalar onlayn hamda amaliy tarzda beriladi.

Marafon dasturi:

1-3 kunlar — seminar treninglar. Ishtirokchilarga innovatsiya, innovatsion faoliyat, startaplar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar beriladi. Startaplar qanday qilib muvaffaqiyat qozonish sirlari oʻrgatiladi.

4-10 kunlar — loyihalar ustida ishlash. Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati, laboratoriyalari, startap loyihalar, 3D prototiplashtirish, IOT, Tijoratlashtirish, dasturlash boʻyicha seminar treninglar oʻtkaziladi. Talabalar jamoalarga boʻlinib, har bir jamoaga mentorlar biriktiriladi. Jamoalar loyiha tanlashadi hamda uni yaratishni boshlaydi. Jamoalar “Biznes farishtalar” uchun loyihalar taqdimotini tayyorlaydilar. Loyihaning marketing ishlari, tijoratlashtirish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiradi.

Kategoriya

Trening
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling