Tashkilotchi: O'zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar Vazirligi hamda Yoshlar Akademiyasi
Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 20-noyabr 2020
Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va Yoshlar akademiyasi tomonidan o‘rta hamda oliy ta’lim muassasalaridan ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni saralab olib, 2 hafta davomida ularning g’oyalarini loyhalarga loyhadan protip ko’rinishigacha olib borishga hamda protiplarni akseleratsiya qilinishiga umuman aytganda g’oyalardan biznesgacha bo’lgan yo’lda ko’maklashish uchun TEXNOLOGIK RIVOJLANISH MARAFONI tashkil etilmoqda.
Yo'nalishlar:
Marafon o'tkazilish dasturi:
1-kun:
Tadbirning ochilish marosimi;
Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati to'g'risida;
G'oyadan tijoratlashtirishgacha bo'lgan jarayon to'g'risida;
Ilmiy unvon ahamiyati to'g'risida dars va seminarlar o'tkaziladi.
2-kun:
Markaz mutaxassislari jamoalar bilan muloqat o’rnatgan holda g’oyalarning holatini o’rganib, 2 hafta davomida nima ishlar qilinishi to’g’risida kelishiladi va jamoalar bilan individual ishlaniladi.
3-18-kun:
Loyhalarning akseleratsiya jarayoni. Bunda ishtirokchilar marafon davrida olgan bilim va ko’nikmalaridan kelib chiqan holda o’z loyhalarini takomilashtirishadi, bu jarayonda markaz tomonidan har bir jamoalarga murabiylar biriktirgan holda loyhalarni ekspertlar uchun taqdimot qilishga tayorlashadi.
19-20-kun:
Marafon davrida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi va yopilish marosimiga tayyorgarlik. Har bir jamoa o’z loyihalarini ekspertlar uchun taqdimotini o’tkazadi. Ekspertlar tomonidan g’oliblar anqilanib, taqdirlash va marafoning yopilish marosimi.