Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan
Oʻtkazilish sanasi: 23-iyun 16:00
Spiker: “Rafikov&Partners” yuridik firmasi asoschisi Rustam Rafikov
Spiker haqida qisqacha ma'lumot:
• raqamli moliyaviy aktivlar va blokcheyn texnologiyasi boʻyicha Moskva shahar Dumasining Madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar komissiyasi ishchi guruhi a’zosi;
• yuridik ekspert va Skolkovoda raqamli iqtisodiyotni tartibga solish boʻyicha ishchi guruhi a’zosi;
• umumiy aktivlari 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan xususiy va professional investorlar, fondlar, startaplar manfaatlarini ifodalagan;
• "Kommersant" tahririyatiga koʻra, Rossiyadagi eng yaxshi huquqshunoslar mustaqil individual reytingining tavsiya etilgan huquqshunosi
Tadbir davomida ishtirokchilarga startap strategiyasi tuzilishi, uni ishlab chiqish, intellektual mulkni himoya qilish hamda mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish bo‘yicha qimmatli maslahatlar beriladi.