“Sportda va yosh avlod jismoniy tarbiyasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya

Konferensiya toʻplamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi
  • 1528
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili, ingliz tili
  • Bir beti 25000 soʻmdan
“Sportda va yosh avlod jismoniy tarbiyasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya

Tashkilotchi: Buxoro davlat universiteti, Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazi.

Oʻtkazilish vaqti: 26-noyabr, 14:00.

Platfroma: Zoom.

Tezis yuborish oxirgi muddati: 18-noyabr, 2020-yil.

Sizlarni, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bagʻishlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 13-fevraldagi 116-son buyrugʻiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 574- son qaroriga asosan Buxoro davlat universiteti hamda Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazi hamkorligida 2020-yil 26-noyabr kuni “Sportda va yosh avlod jismoniy tarbiyasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida oʻtkaziladigan xalqaro miqyosida ilmiy retsenziyalangan onlayn-konferensiyaga taklif etamiz.

Shu munosabat bilan 2020-yilning 18-noyabrigacha maʼruza tezislari oʻzbek, rus va ingliz tillarida Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash markazi (Research Support Center) rasmiy saytiga elektron koʻrinishda yuborishingizni soʻraymiz.

Mazkur konferensiya 2020-yil 26-noyabr kuni soat 14:00 da “Research Support Center”ning rasmiy veb sahifasida koʻrsatilgan “Zoom” platformasi orqali oʻtkaziladi.

Konferensiyaga qoʻyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tezislar qabul qilinadi:

1 – shoʻba: Jismoniy madaniyat taʼlimida yangi maʼno va mazmun.
2 – shoʻba: Oʻsmirlar va xotin-qizlar sportining dolzarb muammolari.
3 – shoʻba: Jismoniy madaniyat tizimida sogʻlomlashtiruvchi texnologiyalar.
4 – shoʻba: Adaptiv jismoniy madaniyat va sport.
5 – shoʻba: Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Konferensiya toʻplamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi.

Kategoriya

Ilmiy konferensiya

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling