Sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan «CAMBRIDGE CODING FESTIVAL » xakatoni!

Hakatonda universitet talabalari va maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin
  • 137
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan «CAMBRIDGE CODING FESTIVAL » xakatoni!

Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan

Oʻtkazilish sanasi: 3-4-5-iyun 

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 31-may 

Xakaton IT Park Uzbekistan va Cambridge International University bilan birgalikda, Millat Umidi jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda.

2022-yil iyun oyida ochiq hakaton o‘tkazish rejalashtirilgan va talabalar istalgan sohadagi muammolar yechimini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hakatonda universitet talabalari va maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Hakaton g'oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:

  1. 1-o'rin uchun 50 mln 
  2. 2-o'rin uchun 30 mln
  3. 3-o'rin uchun 20 mln
  •  Xakatonda 16 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan barcha ko'ngillilar ishtirok etishlari mumkin;
  • Xakaton yoʻnalishi: Har qanday IT-yechim;
  •  Ishtirok etish shartlari: Roʻyxatdan o'tish, 3-5 kishidan iborat jamoani to'plash va 72 soat ichida IT-yechim uchun MVP'ni ishlab chiqish.

Eslatma: Jamoaning har bir aʼzosi alohida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

Batafsil ma'lumot uchun: +998712000306 

Cambridge Coding Festival 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling