“SHINSEDAE” yoshlar markazi tomonidan tashkil etilayotgan "IT tadbirkorlik" forumi

IT-forumda Oʻzbekistonning KT Corporation, Orange, Click, Express24, VRonica, MegaGroup va boshqalar kabi IT kompaniyalari vakillari ishtirok etadilar
  • 426
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“SHINSEDAE” yoshlar markazi tomonidan tashkil etilayotgan

Tashkilotchi: Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkent shahridagi Puchon universiteti yordamida “SHINSEDAE” yoshlar markazi 

Oʻtkazilish sanasi: 20-noyabr 11:00

O‘tkazilish joyi: Puchon universiteti, Chilonzor tumani, Katartal ko‘chasi, 2-uy, 38A

 Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkent shahridagi Puchon universiteti yordamida “SHINSEDAE” yoshlar markazi tomonidan tashkil etilgan “IT tadbirkorlik” forumi bo‘lib o‘tadi.

Forumning axborot hamkorlari IT Park va spot.uz nashriyotidir.

Forumdan asosiy maqsad-yoshlarni Oʻzbekiston IT bozori bilan tanishtirish hamda sarmoya va qoʻllab-quvvatlagan muvaffaqiyatli kompaniyalar va startaplar vakillaridan maslahatlar olish orqali karyera oʻsishi uchun yoshlarni IT tadbirkorlik va IT sanoatga jalb qilishdir.

IT forumda O‘zbekistonning IT sohasidagi nufuzli kompaniyalari, jumladan: KT Corporation, Orange, Click, Express24, VRonica, MegaGroup vakillari ishtirok etadi.

Batafsil ma’lumot: https://www.it-entrepreneur.uz/

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

IT
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling