Sharpist 2022 | .NET bo'yicha katta musobaqa

Musobaqa shartlariga ko'ra, 3 kishidan iborat jamoalar tuzilib, bir necha bosqichdan iborat loyiha topshiriq etib beriladi. G'olib jamoalarni umumiy qiymati 10 mln so'mli sovg'alar kutmoqda
  • 248
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Sharpist 2022 | .NET bo'yicha katta musobaqa

Tashkilotchi: "Najot Ta'lim" markazi va ".NET Uzbekistan Community"

Oʻtkazilish sanasi: 17-dekabr, 11:00

Manzil: "Najot Ta'lim"ning Chilonzor filiali

“Najot Ta'lim” markazi va “.NET Uzbekistan Community” hamkorligida .NET bo'yicha davom etishi rejalashtirilgan katta musobaqaga start berildi. 

Musobaqa shartlariga ko'ra, 3 kishidan iborat jamoalar tuzilib, bir necha bosqichdan iborat loyiha topshiriq etib beriladi. Jamoa tuzishga ulgurmasangiz, markazning o'zida shakllantirishingiz mumkin. G'olib jamoalarni umumiy qiymati 10 mln so'mli sovg'alar kutmoqda.

1-o'rin: 3 ta Trust GXT705 kreslosi va 3 ta 500 ming so'mli ta'lim vaucheri;
2-o'rin: 3 ta Lenovo IdeaPad Gaming sumkasi va 3 ta 300 ming so'mli ta'lim vaucheri;
3-o'rin: 3 ta Rapoo 8300T to'plami va 3 ta 100 ming so'mli ta'lim vaucheri.

Ushbu hakatonning birinchi mavsumi 17-dekabr — shanba kuni soat 11:00 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor filialida boshlanadi.

Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling