“Semurg'” Toshkent xalqaro she’riyat festivali

Germaniya va Markaziy Osiyodan kelgan shoir va tarjimonlar 3 kunlik mutolaa, badiiy tarjima mahorat darslari va sheʼriyat haqidagi munozaralarda ishtirok etadilar
  • 431
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili, nemis tili
  • Bepul
“Semurg'” Toshkent xalqaro she’riyat festivali

Tashkilotchi: Toshkentdagi Gyote Instituti va Yoshlar ishlari agentligi

Oʻtkazilish sanasi: 2-4-sentabr, 11:00-20:00 

Manzil: Gyote Instituti, Amir Temur ko'chasi, 42-uy va Samarqand shahri

“Semurg'” Toshkent xalqaro she’riyat festivali 2022-yil 2-4-sentabr kunlari nemis zamonaviy she’riyati hamda Markaziy Osiyo yosh she’riyatining go'zal namunalarini taqdim etadi.

Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan kelgan shoir va tarjimonlari 3 kunlik mutolaa, badiiy tarjima mahorat darslari va sheʼriyat haqidagi munozaralar uchun Toshkentda mehmon bo'ladilar.

Bundan tashqari, Dalahast guruhi o'zlarining musiqiy va she'riy chiqishlarini taqdim etadilar. 

Ushbu festivalda ishtirok etish bepul. 

Kategoriya

Koʻrgazma

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling