Tashkilotchi: Rushana Alimova
O'tkazilish sanasi: 30-iyuldan 27-avgustga qadar
Manzil: “Bonum Factum” galeriyasi(Sadik Azimov ko'chasi, 3 -ko'r ko'chasi, Yashnobod tumani 20)
“Bonum Factum” galereyasida Rushana Alimovaning “Tuygʻular qarama-qarshiligi” nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Rassom oʻz koʻrgazmasida his-tuygʻularning namoyon boʻlishi, ularni qanday his qilish mavzusini koʻtaradi. Shuningdek, tomoshabinni oʻzining rang-barang his-tuygʻulari dunyosini kashf etishga taklif qiladi.
“Men ushbu galereyam orqali sizlar bilan oʻz his-tuygʻularimni ilhomlantiradigan dunyo bilan boʻlishmoqchiman. Dunyo va odamlar oʻrtasidagi oʻxshashlikni, qandaydir lahzalar va vaziyatlarni koʻrishni xohlardim “, — Rushana Alimova.
Ma'lumot uchun telefon: (+998) 71-232-03-60