Rassom Tachat Oganesovning 100 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazma

  • 360
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul
Rassom Tachat Oganesovning 100 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazma

Oʻtkazilish sanasi: 25-mart - 16-aprel

Manzil: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi galereyasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi galereyasida rassom Tachat Oganesovning 100 yilligiga bag‘ishlangan asarlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma davomida uning asarlari katalogi ham taqdim etiladi.

Tachat Oganesov - rassom, SSSR Rassomlar uyushmasi a'zosi, Xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi va professor. U Respublika rassomlik kolleji va I.E.Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutini tamomlagan. Oganesovning sevimli janrlari psixologik portret bo'lgan. U yaratgan asarlarida ko'pincha xalq qahramonlari, paxtakorlar, sarkardalar, yozuvchilar va rassomlarni tasvirlagan.

Ko‘rgazmada ilk bor 50 dan ortiq san’at asarlari namoyish etiladi. Asarlar XX asr o‘rtalarida O‘zbekiston tasviriy san’at va rassomlik maktabida paydo bo‘lgan akademik realizmning o‘ziga xos namunasi hisoblanadi.

Korgazmaga kirish bepul. 

Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 71 232 06 75.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling