Oʻtkazilish sanasi: 6-20-noyabr
Manzil: Bonum Factum Gallery
Bonum Factum Galleryda “O‘zing bo‘l” nomli shaxsiy ko‘rgazma tashkil etilmoqda.
Ko'rgazmada rassom Seviliya Akramova o‘z loyihasida noyoblik haqida, nega u trendga aylanib borayotgani va uni qanday hal qilish haqida gapirib beradi.
"O'zing bo'l" loyihasining asosiy maqsadi tomoshabinlarga umid berish va biz kim bo'lishni xohlayotganimiz va hayotimizni qurishimiz mumkinligini ko'rsatib berishdan iborat.
Ko'rgazma 6-noyabrdan, 20-noyabrgacha davom etadi.
Ko'rgazmaga birinchi kuni kirish bepul, keyingi kunlarda 5 ming so'mdan hisoblanadi.