Tashkilotchi: O'zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi
Oʻtkazilish sanasi: 9-18-iyun
Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A"
2023-yilning 9-iyun kuni soat 16:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Yaponiya va O‘zbekiston arxitekturasi: an’analar va zamonaviylik” ko‘rgazmasining ochilishi marosimi bo`lib o`tdi.
Ushbu koʻrgazma loyihasi ishtirokchilari, xususan, Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy almashinuv, mahalliy me'morlar, dizaynerlar, rassomlarning an'analarni qayta koʻrib chiqish va ularni zamonaviy arxitekturaga sintez qilish bo'yicha yapon tajribasi bilan tanishtirish, shuningdek, O'zbekiston va Yaponiyaning boy meʼmoriy merosini namoyish etishga qaratilgan.
Ko`rgazmada namoyish qilinayotgan fotosuratlarda anʼanaviy yapon hamda o'zbek me'morchiligi, qolaversa, ayrim yirik shaharlarning zamonaviy landshaftlari, shuningdek, O'zbekiston va Yaponiyaning tarixiy shaharlari me'moriy meroslari aks etgan.
Ko`rgazma joriy yilning to 18 iyunigacha davom etadi.
Ko'rgazmaga kirish bepul.