Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan, Dubai Future Foundation, OSCE
Oʻtkazilish sanasi: 3-5-dekabr
Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 1-dekabr
Sovrin jamgʻarmasi 55 000 dollar boʻlgan "Open Data Challenge 2021" xakatoniga ro‘yxatdan o‘ting.
“Open Data Challenge 2021” xakatoni - bu tanlov boʻlib, unda ishtirokchilar 2021-yil 3-dekabrdan 5-dekabrgacha ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda onlayn formatda ilovalar ishlab chiqishi kerak.
Bu yil xakaton 4 ta yoʻnalishda oʻtkaziladi: davlat, ijtimoiy va biznes sohalari hamda korrupsiyaga qarshi kurash. Eng muhimi ishtirokchilar to‘rt yo‘nalishdan biri bo‘yicha "One Million Uzbek Coders" sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, joriy yilda avvalgi "Open Data Challenge" xakatonlarida ishlab chiqilgan loyihalar uchun (2018 yildan 2020 yilgacha) sovrin jamg‘armasi 6 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi "Open Data Cup" musobaqasi tashkil etiladi.
Quyiagi havola orqali xakaton va tanlov haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.