Onlayn Digital Camp "Raqamli Avlod-2020"
Sana va vaqt: 24.08.2020-28.08.2020
Ro'yhatdan o'tish muddati: 23.08.2020 21:00
“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasa va Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi AKT rivojlantirish vazirligi ko'magida butun O‘zbekiston yoshlarini Online Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga taklif etadi.
5 kun davom etuvchi mazkur motivatsiyaga boy tadbirda ishtirokchilarni AKTning eng dolzarb yo'nalishlari bo'yicha onlayn darslar hamda, xalqaro va mahalliy ekspertlar bilan uchrashuvlar kutmoqda!
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bo'lib o'tadi.
Veb-dasturlash, Mobil-dasturlash, Desktop-ilova dasturlash, Media va Raqamli marketing, Dizayn, Robototexnika hamda Frilans.
Ro'yhatdan o'tish bepul.