Tashkilotchi: Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT, Yoshlar ittifoqi
Konferensiya sanasi: 22.07.2020 14:00
Konferensiyadan maqsad: yoshlarning migratsiya sohasidagi barcha muammolarini bartaraf etish va tizimni yaxshilash, ularni huquqiy tartibga solish boʻyicha kelgusi islohotlarni muhokama qilish.
Konferensiya davomida yoshlar migratsiyasining hozirgi tendensiyalari, xavf — xatarlar tahlili, salbiy oqibatlarini minimallashtirish va huquqiy tartibi shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlarining xavfsiz va boshqariladigan yoshlar migratsiyasini taʼminlashdagi roli toʻgʻrisidagi masalalar muhokama qilinadi.
Konferensiya rus va ingliz tillarida olib boriladi. Shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri (sinxron) tarjima xizmatidan foydalanish imkoni ham mavjud.