Tashkilotchi: Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oxirgi muddat: 2020-yil 20-sentabrgacha
Baholash muddati: 2020-yil 10-oktabrgacha
Onlayn ovoz berish: 2020-yil 15-oktabrgacha
G'oliblarni e'lon qilish: 2020-yil 20-oktabrgacha
Tanlov maqsad va vazifalari:
- Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ona tili (o‘zbek tili) o‘qitish metodikasini takomillashtirish va ommalashtirishga qaratilgan ijodiy ishlarini qo‘llab-quvvatlash;
- O‘zbekistonda o‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha ilg‘or pedagogik faoliyatni keng targ‘ib etish va o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish;
- umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida ona tili (o‘zbek tili)ni o‘qitish metodikasini takomillashtirish;
- o‘qituvchilarning ona tiliga eʼtiborini kengaytirish; ularda vatanparvarlik, ijtimoiy faollik va millat taqdiriga daxldorlik, raqobat, ijodkorlik tuyg‘ularini takomillashtirish;
- o‘qituvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirish, ularning davlat tilini targ‘ib qiluvchi ijodiy ishlarini rag‘batlantirish va ommalashtirish.
Tanlovga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi:
- Ona tili fanidan
- O‘zbek tili fanidan
Tanlov uchun tayyorlangan videodars va uning taqdimoti elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining @videodars_newbot Telegram boti orqali qabul qilinadi.
Tanlovning ikki yo‘nalishi bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
- 1- o‘ringa bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarida;
- 2-o‘ringa bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobarida;
- 3-o‘ringa bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobarida.
Qo'shimcha ma'lumotlar bilan tanlov nizomida tanishish mumkin.