Tashkilotchi: IT-Park va Gyote instituti.
Oʻtkazilish sanasi: 27-fevral, 17:00.
Manzil: Toshkent shahar, Gyote instituti.
Oʻyin oʻynashni yoqtirasizmi?
Oʻz oʻyiningizni yaratish vaqti kelmadimi?!
Mobil oʻyinlarni yaxshi koʻradiganlar uchun maxsus, 27-fevral kuni soat 17:00 da oʻyin yaratish boʻyicha bepul master-klass boʻlib oʻtadi. Master-klassda Akmal Solihov oʻyinlar qanday yaratilishi toʻgʻrisida batafsil soʻzlab beradi.
Spiker haqida qisqacha maʼlumot:
Akmal Solihov virtual reallik formatidagi oʻyinlar yaratishga ixtisoslashgan VRonica studiyasi asoschisi, shuningdek taʼlim mobil oʻyinlarini yaratuvchi AmayaSoft kompaniyasi boshqaruvchi hamkori hisoblanadi.
Master-klassda ishtirok etish mutlaqo bepul, faqatgina roʻyxatdan oʻtsangiz bas.