Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan
Oʻtkazilish sanasi: 29-oktabr 11:00
Manzil: TATU Nukus filiali
Spiker: “Med ID” startupi asoschisi Andrey Li
29-oktyabr kuni soat 11:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida bo‘lg‘usi startupchilar uchun master-klass bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida tinglovchilar IT Park faoliyati va tez orada Nukusda ochiladigan yangi inkubatsiya markazi faoliyati bilan tanishib oladilar.
Qolaversa, seminarning asosiy mehmoni - “Med ID” startapi asoschisi Andrey Li, u qanday qilib startap yaratishga qaror qilgani, ishga tushirish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va unga “Startap tashabbuslari-2020” musobaqasida g‘olib bo‘lishiga nima yordam bergani haqida gapirib beradi.
Ma'lumot sifatida “Med ID” - barcha turdagi tibbiy muassasalar uchun universal va moslashuvchan CRM tizimi.
Agar siz o‘z startapingizni ishga tushirmoqchi bo‘lsangiz, master-klassda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.