Tashkilotchi: New Silk Way Model United Nations
Oʻtkazilish sanasi: 27-28-fevral, 2021-yil.
Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 20-fevral, 22:59.
Platforma: Zoom.
New Silk Way BMT Modeli yosh diplomatlarning yangi avlodini voyaga yetkazish jarayoniga oʻz hissasini qoʻshish maqsadida yangi boshlovchilar uchun konferensiya tashkil qilmoqda!
Qoʻmitalar va kun tartiblari:
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC): Ijtimoiy Media — Ijtimoiy Adolatni saqlash uchun global fikrlovchilarni bogʻlaydigan vosita (Kalit soʻzlar: Maqsadlar, kirish, maxfiylik).
- Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST): Vaksinatsionizm va COVID-19 ga qarshi emlash (Kalit soʻzlar: Kirish, ijtimoiy tenglik, xabardorlik).
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP): Nolinchi emissiya 2050 (Kalit soʻzlar: Ekologik muhit, Havoning ifloslanishi, Yashil ish joylari).
Boʻlajak delegatlar uchun talablar:
- Delegat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Modelida tajribasiz yoki MUN kabi boshqa yoshlar konferensiyalarida koʻpi bilan 1-2 marta qatnashgan boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini bilish shart!
Agar sizda biron bir savol boʻlsa, iltimos, bizga elektron pochta orqali yuboring: silkway.modelun@gmail.com