Namanganlik yosh ijodkorlar uchun "Iste'dod Gulshani" nomli she'rlar tanlovi

Tanlov yangi iste'dod egalarini izlab topish va ularni rag'batlantirish maqsadida tashkil qilinmoqda
  • 1206
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Namanganlik yosh ijodkorlar uchun

Tashkilotchi:  "Milliy Tiklanish" Demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 15.12.2020

Yangi iste'dod egalarini izlab topish, yosh iqtidor sohiblariga o'zlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, iste'dodlarini yuzaga chiqarishga ko'maklashish maqsadida O'zbekiston "Milliy Tiklanish" Demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi tomonidan "Iste'dod Gulshani" nomli she'rlar tanlovi e'lon qilinadi.

Ijodiy ishlar quyidagi mezonlar bo'yicha bahonaladi:

  • She'r o'z qalamingizga mansub bo'lishi;
  • ma'no va mazmun jihatdan muxtasarligi;
  • nazm qoidalariga amal qilgan holda yozilgan bo'lishi;
  • Imlo xatolarisiz taqdim qilinishi lozim.

Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar Nigora MUHAMMAD telegram kanalida e'lon qilib boriladi.

Qo'shimcha savollar uchun: @Nigora_Muhammad

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling