Tashkilotchi: Prezident ta'lim muassasalari agentligi
Oʻtkazilish sanasi: 15-16-yanvar
Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 31-dekabr
Manzil: Buxoro, O'zbekiston
Prezident ta’lim muassasalari agentligi yoshlarning diplomatiya, muzokaralar olib borish, notiqlik mahoratini rivojlantirish maqsadida o‘zining birinchi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modelini tashkil etmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli - bu networking'ni kengaytirish, ko'nikmalarni rivojlantirish va global muammolarni hal qilishda hissa qo'shish imkoniyati hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, keng miqyosli tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. Tadbir davomida oziq-ovqat va turar joy xarajatlari to'lab beriladi.