"Minsport esports cup" kibersport musobaqasi

Havaskorlar oʻrtasidagi musobaqa kibersportning barcha platformalar (PS, PC, Mobile) dagi eng ommabop 8 yoʻnalishida oʻtkaziladi
  • 1385
  • 2
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Yilning eng yirik onlayn musobaqasi – “Minsport Esports Cup” start olmoqda.

Tashkilotchi: Oʻzbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi.

Mamlakatimizda kibersportni ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida joriy yilning 21-iyulidan 22-dekabriga qadar “Minsport Esports Cup” kibersport musobaqasi tashkil etiladi.

Havaskorlar oʻrtasidagi musobaqa kibersportning barcha platformalar (PS, PC, Mobile)dagi eng ommabop 8 yoʻnalishida oʻtkaziladi.

Onlayn musobaqada ishtirok etishni xohlaganlar 26-iyulga qadar roʻyxatdan oʻtishlari zarur.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyida oʻz yoʻnalishingizga mos Telegram-guruhlariga oʻtishingiz mumkin:

  1. CS:GO
  2. Clash Royale
  3. Dota 2
  4. FIFA 2020
  5. Mobile legends
  6. PES 2020
  7. PUBG Mobile
  8. World of Tanks

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling