“Masofaviy kimyo — 2020” olimpiadasi

Maktab o‘quvchilari (abituriyentlar) va Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun
  • 1219
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“Masofaviy kimyo — 2020” olimpiadasi

Kimyo fanidan yangi iqtidorlarni kashf etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorlikda “Masofaviy kimyo — 2020 (https://t.me/masofatalim)” olimpiadasini taqdim etadi.

🗓25-may, soat 11:00 da “Masofaviy ta’lim (https://t.me/masofatalim)" Telegram kanalida maktab o‘quvchilari (abituriyentlar) va Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Masofaviy kimyo — 2020 (https://t.me/masofatalim)” olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

🏆Musobaqa natijasiga ko'ra, har ikkala toifadan ham eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo’lgan 3 nafar g'olib O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan ajratilgan pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Mukofotlar (umumiy qiymati 9.000.000 so‘m):

🥇1-o'rin — 2.000.000 so'm 

🥈2-o'rin — 1.500.000 so'm

🥉3-o'rin — 1.000.000 so'm

📝 Olimpiadadan qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 24-may soat 20:00 ga qadar davom etadi.

❗️Ro'yxatdan o'tish uchun: @arizamasofatalim_Bot 

Olimpiadaning javoblari kimyo fanidan jalb etilgan maxsus ekspertlar tomonidan tekshiriladi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling