Tashkilotchi: Markaziy bank
O'tkazilish vaqti: 31-oktabr 2021-yil
Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 9- aprel 2021-yil
Markaziy bank tomonidan talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Moliyaviy savodxonlik boʻyicha keys-chempionat”
Oliy oʻquv yurtlari talabalarini moliyaviy savodxonlik boʻyicha qiziqarli keyslarni hal etish tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi. Chempionatda oliy oʻquv yurtlari talabalari jamoa boʻlib ishtirok etishlari mumkin (3-5 kishi).
Keys-chempionatda ishtirok etish uchun arizalar 9-aprelgacha qabul qilinadi. Jami 16 ta keys moliyaviy savodxonlik yoʻnalishida oyma-oy berib boriladi.
Keys-chempionat bosqichlari:
1.Ishtirok etish uchun jamoangiz nomidan ariza yuboring va roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldiring:
Ariza jamoa lideri tomonidan yuboriladi. Jamoa aʼzolari turli oliy oʻquv yurtlarining vakillari boʻlishi mumkin.
2.Moliyaviy savodxonlik boʻyicha oyma-oy eʼlon qilinadigan 16 ta keys yechimlarini topish.
3️.Yechim va taqdimot materiallarini yuborish: konkurs.cbu@gmail.com
4️.Yakuniy natijalar 2021-yil 31-oktyabr kuni “Umumjahon jamgʻarish kuni” doirasida sarhisob qilinadi.
Keys-chempionat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot:
+998 71 212-73-58