"Leaders Academy" onlayn forumi

Forum yo'nalishlari nomdor stipendiyalar, xalqaro grantlar va chet elda ta'lim, yoshlar parlamenti kabilarni o'z ichiga oladi
  • 383
  • 1
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Tashkilotchi: "Yuksalish" Yoshlar Forumi

Oʻtkazilish sanasi: 3-4-iyun, 20:30

Platforma: Zoom

Lider yoshlarni qo'llab-quvvatlagan holda,"Leaders Academy" onlayn forumi ochiq deb eʼlon qilindi. 

Sertifikat nima uchun zarur va undan nima foyda?

• Ustama va attestatsiya himoyasi;
• 35 foizlik muddatli harbiy xizmatni o‘tgan yoshlar *(armiyada xizmat qilganlar)* uchun ustama; 
• "Zulfiya" va "Mard o‘g‘lon" nomidagi Davlat Mukofoti;
• Prezident, Alisher Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom Al-Buxoriy Davlat Stipendiyalari;
• Chet el grantlarini yutish;
• Eng asosiysi xorijiy davlatda tahsil olishingiz uchun sezilarli darajadagi ko‘mak. 

Forum yo'nalishlari:

  • Nomdor stipendiyalar.
  • Xalqaro grantlar va chet elda taʼlim.
  • Yoshlar Parlamenti. 

Forum 3-4-iyun kunlari, soat 20:30da Zoom platformasi orqali bo'lib o'tadi. Ushbu forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling