Koreyaning GIFT institutidan to'liq moliyalashtiriluvchi qishki amaliyot dasturi

Koreyaning GIFT instituti qora va rangli metallar texnologiyalari bo'yicha qiziqish va bilimga ega uchinchi va to'rtinchi bosqich bakalavr bosqichida o'quvchi talabalarni ushbu to'liq moliyalashtiriluvchi amaliyot dasturida qatnashishga taklif etadi
  • 1186
  • 1
  • Ingliz tili
  • Bepul
Koreyaning GIFT institutidan to'liq moliyalashtiriluvchi qishki amaliyot dasturi

Tashkilotchi: Koreyaning GIFT instituti

O'tkazilish vaqti: Yanvar 2020, taxminan bir oy

Hujjat topshirish oxirgi muddati: 27-noyabr 2020 

Koreyaning GIFT instituti qora va rangli metallar texnologiyalari bo'yicha qiziqish va bilimga ega uchinchi va to'rtinchi bosqich bakalavr bosqichida o'quvchi talabalarni ushbu to'liq moliyalashtiriluvchi amaliyot dasturida qatnashishga taklif etadi. 

Moliyalash ichiga quyidagilar kiradi:

  • Bepul turar joy va transport
  • Xalqaro talabalar uchun bir martalik ikki tomonlama ekonom klass chiptasi
  • Qo'shimcha xarajatlar uchun har oylik 500,000 KRW (taxminan $450)

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza formasi
  2. Universitet baholarining ingliz tilidagi tasdiqlangan nusxasi
  3. Motivatsion xat (birinchi navbatda amaliyotni qanday o'tamoqchiligi undan oladigan foydalari bayonoti)
  4. Ingliz tilini bilish sertifikati (TOEFL, IELTS yoki ekvivalent)

Yuqoridagi hujjatlarni noyabr oxirigacha qabul bo'yicha mas'ul Eun Mi Jung enmei@postech.ac.kr ga mail orqali yuborish kerak

To'liq ma'lumot bilan quyidagi “Rasmiy havola” orqali tanishishingiz mumkin.

 

Kategoriya

Yozgi maktab

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling