"Kitobdan gapiramiz” mavzusida konferensiya

Tadbirida besh nafar bookbloger nutq qiladi va mehmonlar bilan suhbatlashadi. Tadbir, shuningdek, qiziqarli asarlarni kashf qilish va kitoblar yutib olish imkoniyatidir
  • 486
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Ziyo Forum

Oʻtkazilish sanasi: 18-dekabr

Manzil: Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, Ziyo Forum binosi, 12-uy

Ushbu shanbada kitoblarni muhokama qilishga bag'ishlangan konferensiyada ishtirok eting.

“Kitobdan gapiramiz” tadbirida besh nafar bookbloger bir-biridan qiziqarli nutq qiladi va mehmonlar bilan suhbatlashadi. Siz tadbirda o'zingiz uchun juda ko'p qiziqarli asarlarni kashf qilishingiz va eng muhimi — kitoblar yutib olishingiz mumkin.

Spikerlar:

  • Mohina Nursaidova - kitob-bloger va “bookowski” onlayn do'koni asoschisi;
  • Ma'rufjon Ochilov - “Daryo.uz” axborot saytida jurnalist, Telegramda “Maʼrufjon Blogi” kanali asoschisi va kitobxon bloger;
  • Nazarbek Nazarov - Book bloger, tarjimon, kopirayter va “Gazeta.uz” internet-nashri kolumnisti;
  • Saidrasulova Ifeekxon - Yeoju texnika institutining Koreys tili filologiyasi talabasi. Book bloger va Study bloger;
  • Jasurbek Bozorboyev - Book bloger, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Panda Books” loyihasi muallifi;

Konferensiyada ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling