Tashkilotchi: IT Park
Oʻtkazilish sanasi: 22-oktabr, 14:30
Manzil: Toshkent shahridagi INHA universiteti
Seminarda Isroil ilg‘or texnologiyalar assotsiatsiyasi Prezidenti Karin Mayer Rubinshteyn Isroildagi startap ekotizimi va yakkashoxlar haqida so‘zlab beradi. Karin Mayer Rubinshteyn Isroilning eng nufuzli yosh tadbirkorlaridan biri hisoblanadi va u Forbes Magazine nashriga ko‘ra “Isroilning eng nufuzli yosh tadbirkorlari Top-100” hamda “Top-40 eng muvaffaqiyatli tadbirkorlar” nominatsiyalarida nomzod bo‘lgan.
Qolaversa, seminarda IT Park direktori o‘rinbosari Bohodir Ayupov ishtirok etadi, u IT Park faoliyati va O‘zbekistonning startap ekotizimini rivojlantirishga ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida gapirib beradi.
Ushbu seminar o‘z biznesining rivojlanishi va o‘sishidan manfaatdor IT kompaniyalar rahbarlari hamda boshlang‘ich startapchilar uchun foydali bo‘ladi.