International Illustration Contest: Dizaynlar tanlovi

Tanlovda professional va havaskor dizayner-ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. Ular galaktikaning eng yoqimtoy personaji dizaynini yaratishlari lozim boʻladi
  • 86
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
International Illustration Contest: Dizaynlar tanlovi

Tashkilotchi: Clip Studio Paint ilovasi yaratuvchisi boʻlgan Yaponiyaning CELSYS, Inc.tashkiloti Samsung Electronics Japan va Wacom Europe GmbH kompaniyalari 

O'tkazilish vaqti: 1-noyabr 2020-yil

Oxirgi muddat: 7-oktabr 2020-yil

Talablar

 • barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi;

 • nomzod 7-oktabrga qadar Twitterdagi akkauntidan foydalanib, oʻz ishini #GalaxysCutest xeshtegi ostida e’lon qilishi kerak. Agar Facebook  akkauntidan foydalanish kerak boʻlsa, tanlov guruhiga  qoʻshilish hamda o’sha guruhda xabarini qoldirishi kerak boʻladi;

 • tanlovga Twitter, Instagram yoki Facebookdagi akkuntlardan bevosita hujjat topshirish mumkin emas;

 • taqdim etilgan gʻoyalar originalligi bilan ajralib turishi kerak. Hakamlar asosiy qarorni qabul qilsalar-da, ijtimoiy tarmoqlardagi “layk” va “twit”lar inobatga olinishi mumkin;

 • fan-art, mavjud personajlar yoki brendlarga qatnashgan personajlar dizaynlari qabul qilinmaydi;

 • gʻoyani amalga oshirishda istalgan dasturiy ta’minotdan foydalanish mumkin. Agar bunday dasturiy mahsulot boʻlmasa, Clip Studio Paint dasturidan foydalanish imkoni beriladi. Bunda nomzodga 30 kunlik bepul versiyaga  taqdim etiladi. Shuningdek, ushbu dasturning iPhone mobil qurilmalari uchun ishlangan ilovalaridan ham foydalanish mumkin;

 • tanlov CELSYS, Inc.tashkiloti tomonidan tashkil etilmoqda va uning Twitter, Instagram yoki Facebook bilan aloqasi yoʻq;

Mukofotlar: 

  • Grand Prize – Bosh sovrin – 10 000 USD;
  • Runner-Up Prize – 3 000 USD;
  • LavenderTowne Award – 3 000 USD;
  • 3–5-oʻrin – 1 000 USD USD;
  • 6–10-oʻrin – 300 USD;
  • Honorable mentions (10 ta gʻolib).

Qo'shimcha sovg'a tariqasida ushbu sovrinlar beriladi:

  •  Wacom Cintiq 22 (DTK-2260/K0D) LCD tablet;
  • Samsung Galaxy Buds Live wireless earbuds;
  • Clip Studio Paint EX Activation Code (Dual-device plan, 3 years) yoki 10 000 GOLD;
  • Mukofot taxtachasi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling