"International Diplomats Council" tomonidan ilk onlayn diplomatlar forumi

Dunyo diplomatik qo'mitali modellashtiriladigan forumga qatnashish orqali ichingizdagi diplomatni kashf qiling. Qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etiladi
  • 1521
  • 1
  • Oʻzbek tili, rus tili, ingliz tili
  • 30 000 so'm

Tashkilotchi: International Diplomats Council

O'tkazilish sanasi: 22-dekabr 2020

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 17-dekabr 2020

Platforma: Zoom

Delegatlar soni: 300 (250 ta mahalliy, 50 ta xalqaro)

Ilk bor O'zbekistonda "International Diplomats Council" tomonidan tashkillashtirilayotgan “Elchi Prezidentning xorijdagi rasmiy vakili, yoshlar esa ko‘makchi va ishonchidir” degan g‘oya asosida: 
- Xalqaro yoshlar orasida elchilik, diplomatik immunitetni rivojlantirish;
-Xalqaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar hamda siyosiy tajribalarni xalqaro Diplomatlar bilan birgalikda oshirish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash;
-Xalqaro huquqni o'rgatish va inson huquq va erkinliklari g'oyalarini targ'ib qilish;
kabi yuksak imkoniyatlarga ega, takrorlanmas konferensiyaning ro'yxatga olish ishlari boshlandi!

Modellashtiriluvchi qo'mitalar:

  • BMT BOSH ASSAMBLEYASI: 65 nafar (O'zbek tilida) 
  • UN WOMEN-BMTning gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish: 100 nafar (Ingliz va O'zbek tillarida) 
  • SHANHAY HAMKORLIK TASHKILOTI: 30 nafar (Rus tilida) 
  • O'ZBEKISTON PARLAMENTI MODULI: 65 nafar (O'zbek tilida) 
  • JAHON BANKI: 40 nafar (Ingliz tilida)

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling