"Innoweek 2020" Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi

Mahalliy va xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsiya fondlari, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlar uchun noyob maydonga aylanishi kutilayotgan birinchi virtual ko'rgazma
  • 92
  • 1
  • Oʻzbek tili, rus tili, ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Innovatsion rivojlantirish vazirligi

O'tkazilish vaqti: 3—8-noyabr 

Oxirgi muddat: 1-oktabr 2020-yil

Innovatsion g'oyalar haftaligining maqsadi — mahalliy biznes va xorijiy kompaniyalar vakillari uchun eng ilg'or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar, loyihalar, biznesning turli yo'nalishlari uchun prototip yoki modellarni namoyish etish va targ'ib qilish uchun ishonchli platformani yaratishdir.

Haftalik davomida:

  • Xalqaro investitsiya innovatsion forumi;
  • Xalqaro innovatsiyalar ko'rgazmasi;
  • ARM - Xalqaro robototexnika tanlovi;
  • Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyaning (ESCAP) Osiyo-Tinch okeani texnologiyalarini o'tkazish markazining (OTCT) etakchi mutaxassislari ishtirokidagi qo'shma mintaqaviy seminar;
  • Xalqaro yoshlar innovatsion forumi;
  • "Taraqqiyot banki" noyob platformasining taqdimoti;
  • "Innovatsion g'oyalar etakchisi" ko'krak nishoni taqdimoti;
  • "Ilm-fan va taraqqiyot" mavzusidagi eng yaxshi publitsistik maqolalar tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimilari relalashtirilgan.


Kategoriya

Koʻrgazma

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling