“Ijtimoiy tarmoqlarda kichik biznesni rivojlantirish: yangi reallik” mavzusida uchrashuv

Spikerlar: Yuliya Shvarts, shaxsiy brendni rovojlantirish bo'yicha mutaxassis; Rustam Xamzayev, tadbirkor, “Profit School” IT bo'yicha xalqaro onlayn maktabi asoschisi
  • 275
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul
“Ijtimoiy tarmoqlarda kichik biznesni rivojlantirish: yangi reallik” mavzusida uchrashuv

Tashkilotchi: GoNight Tashkent

Oʻtkazilish sanasi: 24-noyabr, 15:00-17:00

Manzil: Bog'ibo'ston ko'chasi, 186-uy, IMPACT.T binosi

24-noyabr kuni Toshkentda “Ijtimoiy tarmoqlarda kichik biznesni rivojlantirish: yangi reallik” mavzusida uchrashuv tashkil etilmoqda. 

Uchrashuvda quyidagi savollarga javob beriladi: 

  • Qanday qilib shaxsiy brendni onlayn rivojlantirish mumkin?
  • Reklamaga pul sarflamasdan mijozlarni jalb qilish mumkinmi?
  • Ijtimoiy media vositalaridan foydalangan holda loyihani g'oyadan muvaffaqiyatli startapga qanday aylantirish mumkin?

Spikerlar: 

  • Yuliya Shvarts, shaxsiy brendni rivojlantirish bo'yicha mutaxassis;

Yuliya Forbesdagi ekspertlar, eng yaxshi bloggerlar, siyosatchilar va tadbirkorlarning shaxsiy brendlarini ishlab chiqqan. U uchrashuvda ijtimoiy tarmoqlarda byudjetsiz brend reklamasi qanday ishlashi, birinchi mijozlarni qanday jalb qilish va biznesni onlayn rivojlantirishda nimani e'tiborga olish kerakligi haqida gapirib beradi.

  • Rustam Xamzayev, tadbirkor.

Rustam Xamzayev “Profit School”, IT bo'yicha xalqaro onlayn maktabi asoschisi hisoblanadi. U uchrashuvda IT sohasidagi eng talabchan kasblarni noldan o'rgatish bo'yicha onlayn maktabga asos solish va ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brendni targ'ib qilish haqida fikrlari bilan bo'lishadi. 

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish bepul, ammo, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling